ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK R&D Park delegatsiyasining Yevropaga tashrifi: additiv texnologiyalar va “yashil” yechimlar sohasida yangi hamkorliklar

 TMK R&D Park delegatsiyasining Yevropaga tashrifi: additiv texnologiyalar va “yashil” yechimlar sohasida yangi hamkorliklar 04.03.2026
TMK R&D Park delegatsiyasining Yevropaga tashrifi: additiv texnologiyalar va “yashil” yechimlar sohasida yangi hamkorliklar

TMK huzuridagi R&D Park delegatsiyasi Polsha va Shvetsiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib, additiv texnologiyalar, metall kukun ishlab chiqarish, gidrometallurgiya hamda kritik metallarni qayta ishlash sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Mazkur tashriflardan ilg‘or texnologiyalar va sanoat yechimlarini o‘rganish, ularni O‘zbekiston sanoatiga joriy etish imkoniyatlari hamda uzoq muddatli ilmiy-texnik hamkorlikni shakllantirish maqsad qilindi.

 

Polsha: additiv texnologiyalar va metall kukun ishlab chiqarish sohasida hamkorlik

 

Varshava shahrida AMAZEMET kompaniyasi bilan muzokaralar davomida metall kukun ishlab chiqarish texnologiyalari, ultratovushli atomizatsiya uskunalari hamda ilmiy-tadqiqot hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

 

IAMG kompaniyasi bilan Laser Powder Bed Fusion (LPBF) texnologiyasi asosida sanoat 3D-printerlar ishlab chiqarish imkoniyatlari, ularning texnik parametrlari va ishlab chiqarish samaradorligi o‘rganildi.

 

Shuningdek, ARCWAY kompaniyasi bilan ultratovushli atomizatsiya texnologiyasi asosida metall kukun ishlab chiqarish bo‘yicha kompleks yechimlar muhokama qilindi va o'zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.

 

Shvetsiya: kritik metallar va “yashil” texnologiyalar sohasida yangi imkoniyatlar

 

Shvetsiyaning Stokgolm shahrida Greenavance Tech kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Gidrometallurgiya, batareya materiallarini qayta ishlash, raqamlashtirish va “digital twin” texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

Delegatsiya Northvolt kompaniyasining R&D markaziga ham tashrif buyurib, pilot gidrometallurgiya laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Shuningdek, delegatsiya O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Raxmatullo Nurimbetov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Shimoliy Yevropa mintaqasidagi yetakchi kompaniyalar va Svemin sanoat assotsiatsiyasi bilan aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Polsha va Shvetsiyada o‘tkazilgan mazkur uchrashuvlar additiv texnologiyalar, metall kukun ishlab chiqarish, gidrometallurgiya va kritik metallar qayta ishlash sohasida TMK R&D Park uchun yangi texnologik va ilmiy imkoniyatlarni ochib berdi.

TMK Ostona sammitida muhim kelishuvlarga erishdi
Res 2026
23.04.2026
TMK Ostona sammitida muhim kelishuvlarga erishdi
TMK — Markaziy Osiyo yashil transformatsiyasining faol ishtirokchisi
RES-2026
22.04.2026
TMK — Markaziy Osiyo yashil transformatsiyasining faol ishtirokchisi
INNOPROM Markaziy Osiyo 2026 xalqaro ko'rgazmasi faol davom etmoqda
INNOPROM 2026
21.04.2026
INNOPROM Markaziy Osiyo 2026 xalqaro ko'rgazmasi faol davom etmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar