Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O’zbekistonda ilk bor Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etildi

 O’zbekistonda ilk bor Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etildi 03.06.2025
O’zbekistonda ilk bor Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etildi

 Mazkur oliy maktab O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda muhandislik faqat formulalar emas, balki dunyoni o‘zgartirish vositasi. Geologiya faqat qazish emas, balki strategik fikrlash san’ati. Ilm esa qog‘ozda emas, real sanoat markazlarida hayot topmoqda. Oliy maktabda ta’lim ana shunday zamonaviy qarashlar asosida olib boriladi.  

Oliy maktabning bakalavriat dasturida ta’lim jarayonlari Italiyaning nufuzli Piza universiteti bilan hamkorlikda olib boriladi. Dars jarayonlari ingliz tilida, eng muhimi ta’lim faqat auditoriyada emas, balki TMKning real ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ladi.
 

Oliy maktabning yana bir maqsadi kritik minerallar yo‘nalishidagi magistratura dasturidir. Xitoyning Geofanlar universiteti bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilgan bu loyiha xalqaro darajada geologiya, izlanish va razvedka sohalarida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Ta’limning ikkinchi bosqichida magistrlar Xitoyda o’qishni davom ettirishadi. O‘qish jarayoni ingliz tilida olib boriladi, natijada bitiruvchilar ikki davlat diplomiga ega bo‘ladi.
 

O’zbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan bakalavr bosqichi uchun 25 ta grant, magistratura bosqichi uchun 10 ta grant ajratilgan. Oliy maktabni bitirgach esa talabalar TMK tomonidan to’liq ish bilan ta’minlanadi. 
Ma’lumot uchun, ushbu oliy maktabning balakavr va magistratura yo’nalishlariga qabul joriy yilning 5-iyun sanasidan 25-iyun sanasiga qadar davom etadi.

⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
RMAP Conformant
31.10.2026
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
uchrashuv
30.10.2026
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring