Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMKda Avstraliyaning dasturiy ta’minoti ishga tushiriladi

 TMKda Avstraliyaning dasturiy ta’minoti ishga tushiriladi 16.08.2025
TMKda Avstraliyaning dasturiy ta’minoti ishga tushiriladi

 O‘zbekiston texnologik metallar kombinati raqamli transformatsiya yo‘lida shiddat bilan bormoqda. TMKda Avstraliyaning “Datamine Software” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Sandeep Ray bilan o'tkazilgan uchrashuv ham bu yo'ldagi muhim harakatlardan biri bo'ldi.

 

Uchrashuvda TMK hamda dunyo bo‘ylab konchilik, geologiya va mineral resurslar sohasi uchun maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan mazkur kompaniya o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Kelishuvga ko‘ra TMK ishlab chiqarish majmualaridan birida "Datamine Software" kompaniyasining maxsus dasturiy ta’minoti sinov tariqasida ishga tushiriladi.

 

Datamine Software bosh ijrochi direktori Sandeep Ray inson omili xavflarini oldini olish maqsadida ishlab chiqaruvchidan to qabul qiluvchigacha bo‘lgan logistika jarayoni bo‘yicha raqamlashtirishni taklif qildi. Kombinatning Xitoyning Uxan Universiteti bilan hamkorligini alohida e'tirof etib, O'zbekistonning sohada qator yutuqlarga erishayotganini ta'kidladi.

 

Shuningdek, uchrashuvda Ingichka boyitish fabrikasi hamda Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodida ham raqamlashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

 

TMK va Yaponiya ishbilarmon doiralari kritik minerallar sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Uchrashuv
11.09.2026
TMK va Yaponiya ishbilarmon doiralari kritik minerallar sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
TMK va Yevroosiyo taraqqiyot banki hamkorlikning amaliy mexanizmlarini muhokama qildi
Uchrashuv
11.09.2026
TMK va Yevroosiyo taraqqiyot banki hamkorlikning amaliy mexanizmlarini muhokama qildi
IMOA 2026: TMK O‘zbekiston molibden mahsulotlarining global bozorlaridagi ishtirokini kengaytirmoqda
IMOA 2026
10.09.2026
IMOA 2026: TMK O‘zbekiston molibden mahsulotlarining global bozorlaridagi ishtirokini kengaytirmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring