Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston–Turkiya biznes forumi sizni kutmoqda

 O‘zbekiston–Turkiya biznes forumi sizni kutmoqda 02.05.2026
O‘zbekiston–Turkiya biznes forumi sizni kutmoqda

Joriy yilning 5-may kuni Hilton mehmonxonasida nufuzli O‘zbekiston – Turkiya biznes forumi bo‘lib o‘tadi.

 

Mazkur forum Turkiya Respublikasining Ostim yirik sanoat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) hamkorligida tashkil etilmoqda.

 

Forum doirasida O‘zbekiston va Turkiyaning iqtisodiy, investitsiyaviy, tog’-kon sanoati imkoniyatlari namoyish etilib, hamkorlik uchun muhim bo‘lgan tarmoqlar va ustuvor yo‘nalishlar taqdim etiladi. Shuningdek, qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.

 

Forumda TMK tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi:
— TMK Chemicals — sulfat kislota ishlab chiqarish
— R&D Park — kritik minerallar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot klasteri
— “Kelajak metallari” texnoparki — noyob va kritik metallarni chuqur qayta ishlash
— UTMK Smart Powder — kukun metallurgiyasi
— Graphtech Mining and Production — tog‘-kon sanoati loyihalari.

 

Ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari, xususiy sektor va davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalari, shuningdek, qo‘shma tashabbuslarni amaliy jihatdan rivojlantirish yo‘llarini o‘rganib chiqadilar.

 

Tadbirda qatnashish uchun mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tish anketasini to‘ldirishingizni so‘raymiz:
 

Ro'yxatdan o'tish

INNOWEEK 2026: TMK ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni namoyish etadi
INNOWEEK 2026
15.10.2026
INNOWEEK 2026: TMK ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni namoyish etadi
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha yirik xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi
uchrashuv
14.10.2026
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha yirik xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi
TMK mezbonligida “Zakovat” intellektual musobaqasi yakunlandi!
Zakovat
13.10.2026
TMK mezbonligida “Zakovat” intellektual musobaqasi yakunlandi!

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring