Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida

 O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida 04.08.2026
O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Forum ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga qaratildi.

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) forumning asosiy ishtirokchilaridan biri bo'lib, Boshqaruv raisi maslahatchisi Shavkat Nabiyev biznes sessiyasida TMKning Mine–Metal–Market modeli, kritik minerallarni chuqur qayta ishlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini taqdim etdi.

TMK taqdimotining forum dasturidagi o‘rni ham alohida ramziy ahamiyat kasb etdi. U biznes sessiyasining yakuniy chiqishi bo‘lib, kritik minerallar mavzusini forumning eng muhim strategik qismi — vazirlar ishtirokidagi sessiya bilan bog‘lovchi muhim "ko‘prik" vazifasini bajardi.

Forum davomida Hindiston kompaniyalari O‘zbekistonda konchilik, kritik minerallar va nodir yer elementlarini o‘zlashtirish hamda chuqur qayta ishlash loyihalarida ishtirok etishga taklif qilindi. Shuningdek, Hindiston Savdo va sanoat vaziri Piyush Goyal Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida Erkin savdo bitimi (FTA) tuzish masalasiga alohida to‘xtaldi.

Forum yakunida Hindiston Respublikasi Konchilik vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar kritik minerallar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, geologiya-qidiruv ishlari, investitsiya loyihalari, texnologiyalar almashinuvi hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

TMK Hindistonga tashrif doirasida B2B va G2B formatidagi uchrashuvlarni davom ettirmoqda. Jarayonlarni biz bilan kuzatib boring.

TMK R&D Parki O‘zbekistonning yangi innovatsion dvigateli
R&D Park
01.08.2026
TMK R&D Parki O‘zbekistonning yangi innovatsion dvigateli
30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni muborak boʻlsin!
Xalqlar doʻstligi kuni
30.07.2026
30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni muborak boʻlsin!
Smart-metallurgiya: TMK%20Janubiy Koreyaning ilg'or innovatsiyalarini O’zbekistonga olib kirmoqda
TMK
29.07.2026
Smart-metallurgiya: TMK%20Janubiy Koreyaning ilg'or innovatsiyalarini O’zbekistonga olib kirmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring