Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston global magniy sanoatining gigantlari safida

 O‘zbekiston global magniy sanoatining gigantlari safida 25.08.2025
O‘zbekiston global magniy sanoatining gigantlari safida

Global iqtisodiyotda magniy tobora muhim resursga aylanmoqda. Elektromobillar, aerokosmik sanoat va energiya texnologiyalarida yengil va mustahkam materiallarga ortib borayotgan ehtiyoj magniyni “kelajak metallari” darajasiga ko‘tardi.


Shu jarayonda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) dunyoning eng nufuzli sanoat uyushmalaridan biri — Xalqaro magniy assotsiatsiyasiga (IMA) a’zo bo‘ldi. Mazkur a’zolik O‘zbekiston sanoati uchun uch darajadagi yangi transformatsiyani anglatadi:

 

Texnologik daraja:
Magniyni ajratib olish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish;

 

Ilmiy va intellektual daraja:
Global ekspertlar, laboratoriyalar va ilmiy markazlar bilan qo‘shma tadqiqotlar olib borish;

 

Geoiqtisodiy daraja:
O‘zbekiston magniy bo‘yicha global ta’minot zanjiriga ulash va eksport geografiyasini kengaytirish.

 

TMKning Xalqaro magniy assotsiatsiyasiga qo‘shilishi O‘zbekistonning barqaror sanoat rivojlanishi yo‘lidagi yana bir qat’iy qadami bo’ldi. Chunki magniy qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan ekologik materiallardan biri. 


TMK bugun resurslardan tayyor mahsulotlargacha bo‘lgan qiymat zanjirini to‘liq qamrab olib, O‘zbekistonning yangi sanoat konsepsiyasini amalda namoyon etmoqda.


Ma’lumot uchun: Xalqaro magniy assotsiatsiyasi magniy sohasida bilim, innovatsiya va siyosat chorrahasidagi markaz bo‘lib, uning tarkibida 75 dan ortiq kompaniyalar, ilmiy markazlar va sanoat yetakchilari birlashgan.

TMK va Yaponiya ishbilarmon doiralari kritik minerallar sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Uchrashuv
11.09.2026
TMK va Yaponiya ishbilarmon doiralari kritik minerallar sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
TMK va Yevroosiyo taraqqiyot banki hamkorlikning amaliy mexanizmlarini muhokama qildi
Uchrashuv
11.09.2026
TMK va Yevroosiyo taraqqiyot banki hamkorlikning amaliy mexanizmlarini muhokama qildi
IMOA 2026: TMK O‘zbekiston molibden mahsulotlarining global bozorlaridagi ishtirokini kengaytirmoqda
IMOA 2026
10.09.2026
IMOA 2026: TMK O‘zbekiston molibden mahsulotlarining global bozorlaridagi ishtirokini kengaytirmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring