ico
ico ico ico

Sayt test rejimida ishlamoqda

Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston Yevropaning muhim xomashyo alyansiga qo‘shildi

 O‘zbekiston Yevropaning muhim xomashyo alyansiga qo‘shildi 06.08.2025
O‘zbekiston Yevropaning muhim xomashyo alyansiga qo‘shildi

 

Dunyo kritik minerallar bo‘yicha yangi davrga kirib keldi, shubhasiz, O‘zbekiston ham bu jarayonlar markazida bo‘lishga intilmoqda.

 

O‘tgan yili mamlakatimiz Yevropa Ittifoqi bilan muhim xomashyo sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. Endi esa yana bir katta qadam tashlandi — O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) Yevropa muhim xomashyo alyansi (ERMA)ga rasman a’zo bo‘ldi. Bu bizning global bozordagi o‘rnimizni yanada mustahkamlaydi.

 

ERMA nima?

 

Yevropa muhim xomashyo alyansi (ERMA) Yevropa sanoatining resurs siyosatini belgilovchi eng muhim platformalardan biri. U Yevropa sanoati uchun litiy, volfram, molibden va nodir yer elementlarini xavfsiz va barqaror manbalardan yetkazib berishni ta’minlaydi. Mazkur alyans Yevropaning yashil texnologiyalar va kelajak energetikasiga o‘tish jarayonida hal qiluvchi kuchga ega.

Mamlakatimiz uchun ushbu alyansning ahamiyati qanday?

 

Yevropa Ittifoqi bilan institutsional muloqotni yanada mustahkamlash – ayniqsa, xomashyoni chuqur qayta ishlash, sifat standartlarini joriy etish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishlarida;


Investitsion jozibadorlikni oshirish – xalqaro sertifikatlashtirish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish va Yevropa miqyosidagi yirik loyihalarga faol jalb etilish orqali;


O‘zbekistonning xomashyo diplomatiyasini rivojlantirish – mamlakatning ishonchli va strategik hamkor sifatida xalqaro miqyosda tan olinishiga hissa qo‘shish;


Yevropaning texnologik va ilmiy klasterlari bilan hamkorlikni kengaytirish – xususan Germaniya, Fransiya, Finlandiya va Avstriyada joylashgan ilg‘or markazlar bilan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish orqali.

 

Bularning barchasi O‘zbekistonning global kritik minerallar bozoridagi mavqeini mustahkamlab, mamlakatning innovatsion sanoat salohiyatini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, ushbu a’zolik TMKni kritik minerallar bozorida butunlay yangi darajaga olib chiqishi kutilmoqda. Xususan, Yevropa grantlari va investitsiyalari orqali bu yo‘nalishdagi loyihalar uchun moliyaviy mexanizmlar kengayadi. Yevropaning ilg‘or markazlari bilan qo‘shma tadqiqotlar olib boriladi va innovatsiyalar tatbiq etiladi. TMK mahsulotlari xalqaro bozorga yanada yuqori sifat ko‘rsatkichlari bilan chiqadi.

 

ERMA direktori Massimo Gasparon ham hamkorlikdan umidli ekanini aytib, “Biz ERMA maqsadlarini amalga oshirish, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida TMK bilan birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, - dedi.

 

Bir so‘z bilan aytganda, bu a’zolik O‘zbekistonni oddiy xomashyo yetkazib beruvchidan innovatsion hamkor darajasiga ko‘taradi.

 

kun.uz

O'zbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar
O‘zbekiston 24
03.09.2025
O'zbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar
TMK Yevropa muhim xomashyo alyansi a’zosi
Zo‘rTV
03.09.2025
TMK Yevropa muhim xomashyo alyansi a’zosi
O‘zbekiston geosiyosiy sahnada yana bir muhim «chipta»ni qo‘lga kiritdi
Gazeta.uz
13.08.2025
O‘zbekiston geosiyosiy sahnada yana bir muhim «chipta»ni qo‘lga kiritdi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar