ico
ico ico ico

Sayt test rejimida ishlamoqda

Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston geosiyosiy sahnada yana bir muhim "chipta"ni qo‘lga kiritdi

 O‘zbekiston geosiyosiy sahnada yana bir muhim "chipta"ni qo‘lga kiritdi 11.08.2025
O‘zbekiston geosiyosiy sahnada yana bir muhim "chipta"ni qo‘lga kiritdi

Bugun O‘zbekiston kritik minerallar sohasida xalqaro maydonda shiddat bilan ilgarilamoqda. Bu jarayonlarda sohadagi yetakchi kompaniya - O‘zbekiston texnologik metallar kombinati mamlakatimizni global hamkorlikning muhim markazlaridan biriga aylantirmoqda. Xususan, TMK Kanadada joylashgan Kritik minerallar instituti (CMI)ning rasmiy a’zosiga aylandi.

 

Buning ortida qanday strategik yutuqlar bor?

 

Kritik minerallar instituti global miqyosdagi intellektual va strategik markaz. Unda dunyoning barcha mamlakatlaridan yig’ilgan sanoat gigantlari, hukumat vakillari, ilmiy markazlar va investorlar birgalikda kelajakning resurs xaritasini chizadi. Xususan, joriy yilda CMI tomonidan e’lon qilingan 23 ta kritik minerallar ro‘yxati butun dunyo texnologik rivojlanish va sanoat siyosatini belgilashda “yo‘l xaritasi”ga aylandi.

 

"Biz TMK uchun Kanada va AQShdagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda ko‘prik vazifasini bajarishimiz mumkin. Shuni aniq ayta olamanki, Shimoliy Amerika kompaniyalari uchun ham O‘zbekiston kabi ishonchli hamkor kerak", - deydi CMI Bosh direktori Treysi Xyuz xonim.

 

Xalqaro institutga a’zolik O‘zbekistonni global kritik minerallar elitasiga olib kirishda siyosiy va iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Jumladan, TMK endi:

 

  • AQSh, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo davlatlarining resurs strategiyalari bo‘yicha ishonchli manbadan tezkor ma’lumot olishga;
  • O‘zbekiston konlarida mavjud bo‘lgan noyob elementlarni xalqaro ta’minot zanjirlariga kiritish imkoniyatiga;
  • Texnologiya transferi va investitsiyalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri platformaga;
  • Har haftalik bozor tebranishlari, siyosiy qarorlar va texnologik yangiliklar tahlil qilingan "Kritik minerallar hisoboti"ga ega bo‘ldi.

 

Bu a’zolik orqali TMK endi nafaqat O‘zbekiston manfaatlarini ilgari suradi, balki mintaqaviy barqarorlik va global ta’minot xavfsizligi masalalarida ham o‘z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

TMK va molibden gigantlari: kelajak metallari bo‘yicha kelishuvlar
Video
12.09.2025
TMK va molibden gigantlari: kelajak metallari bo‘yicha kelishuvlar
TMK va Osiyo taraqqiyot banki: kelajak loyihalari uchun yangi hamkorlik
TMK
10.09.2025
TMK va Osiyo taraqqiyot banki: kelajak loyihalari uchun yangi hamkorlik
TMK xalqaro maydonda: CATL, GEM va Hithium bilan uchrashuvlar
Xiamen
09.09.2025
TMK xalqaro maydonda: CATL, GEM va Hithium bilan uchrashuvlar

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar