ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston va Xitoy “yashil” rivojlanish sari

 O‘zbekiston va Xitoy “yashil” rivojlanish sari 24.04.2025
O‘zbekiston va Xitoy “yashil” rivojlanish sari

Bugun “Hilton” mehmonxonasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ hamda Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


 

Uchrashuv davomida tomonlar XXI asrning “yashil” iqtisodiyotiga o‘tishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan sohalar ya’ni qayta tiklanuvchi energetika, elektromobillar va yuqori texnologiyali sanoat uchun zarur bo‘lgan strategik xomashyo — texnologik metallar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.


 

Hamkorlik doirasida geologiya-qidiruv ishlarini qo‘llab-quvvatlash, mineral resurslar zaxiralarini aniqlash, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish va texnologik jarayonlarga innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.


 

Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, ochiqlik siyosati va barqaror investitsion muhitni yuksak baholar ekan, salohiyatli loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.


 

Uchrashuv davomida “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xususan, 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan 2,6 milliard dollarlik 71 ta loyiha haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu tashabbuslar doirasida texnogen chiqindilarni qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ilg‘or texnologiyalar transferi bo‘yicha innovatsion yechimlar taklif etildi.


 

Yig‘ilish yakunida tomonlar “yashil” minerallar zanjiri — ya’ni tadqiqotdan tortib sanoat ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda uzviy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.


 

TMK Ostona sammitida muhim kelishuvlarga erishdi
Res 2026
23.04.2026
TMK Ostona sammitida muhim kelishuvlarga erishdi
TMK — Markaziy Osiyo yashil transformatsiyasining faol ishtirokchisi
RES-2026
22.04.2026
TMK — Markaziy Osiyo yashil transformatsiyasining faol ishtirokchisi
INNOPROM Markaziy Osiyo 2026 xalqaro ko'rgazmasi faol davom etmoqda
INNOPROM 2026
21.04.2026
INNOPROM Markaziy Osiyo 2026 xalqaro ko'rgazmasi faol davom etmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar