ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

“Oʻzbekiston qitʼalarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida boʻlishi lozim” — Ursula fon der Lyayen

 “Oʻzbekiston qitʼalarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida boʻlishi lozim” — Ursula fon der Lyayen 06.11.2024
“Oʻzbekiston qitʼalarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida boʻlishi lozim” — Ursula fon der Lyayen

Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen soʻnggi yillarda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston tomonidan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikning 3 ta asosiy yoʻnalishiga toʻxtalib oʻtdi. “Oʻzbekiston va Yevropa ilgari misli koʻrilmagan darajada bir-biriga yaqinlashdi” — dedi u “Oʻzbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari” biznes-forumining ochilish marosimidagi videomurojaatida. 

 

Bugun, 6-noyabr kuni, Toshkentda Yevropa-Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan 2024-yilgi Yevropa iqtisodiy kunlarining ochilishi boʻlib oʻtdi.

 

 

Tadbirning ochilish marosimida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqining 300 dan ortiq hukumat va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirokchilarga yoʻllagan videomurojaatida soʻnggi yillarda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston tomonidan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikning 3 ta asosiy yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtdi.

 

“Asrlar davomida Oʻzbekiston global savdoning «urib turgan yuragi” boʻlib kelgan. Yevropalik savdogarlar kiyim-kechak va kulolchilik buyumlarini xarid qilish uchun Samarqand, Buxoro va Xivaga kelishgan. 

 

Ular sizning hashamatli saroylaringiz, maftunkor manzaralaringiz va rang-barang madaniyatingiz haqidagi hikoyalar bilan qaytishgan. Bugun Oʻzbekiston yana dunyoga ochilmoqchi 

 

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Yevropa ilgari misli koʻrilmagan darajada bir-biriga yaqinlashdi. Bu borada uchta misol keltirmoqchiman: 

Birinchisi savdoga oid. 2021-yildan boshlab biz oʻzbek mahsulotlari uchun Yevropa bozorini ochdik. Oʻzbekiston eksporti, xususan, toʻqimachilik va metallurgiya sohasida jadal surʼatlar bilan oʻsdi. Oʻsish uchun yanada ulkan salohiyat mavjud. 

 

Ikkinchisi – investitsiyalar sohasida. “Global darvoza” dasturimiz orqali biz sizning dunyo bilan oʻzaro bogʻliq boʻlish maqsadingizni qoʻllab-quvvatlaymiz. Xalqaro sheriklarimiz bilan birgalikda Yevropadan Sharqiy Osiyoga eng qisqa va xavfsiz yoʻnalish boʻlgan Transkaspiy yoʻlagiga 10 milliard yevrogacha investitsiya kirityapmiz. U Yevropa va Markaziy Osiyoni 15 kundan kamroq vaqt ichida bogʻlashga imkon beradi. 

 

Shuningdek, mamlakatingizning eng chekka hududlariga eng zamonaviy raqamli aloqani yetkazib berish uchun Oʻzbekistonni sunʼiy yoʻldosh tarmogʻimizga ulash ustida ishlamoqdamiz. Oʻzbekiston qitʼalarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida boʻlishi lozim. 

 

Uchinchi misolim – biz strategik sohalardagi hamkorligimizni kengaytirmoqdamiz. Joriy yilning aprel oyida muhim minerallarni yetkazib berish zanjiri toʻgʻrisida bitim imzoladik», dedi Ursula fon der Lyayen.

Yevrokomissiya prezidenti Oʻzbekistonda mahalliy ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi. 

 

“Baʼzi investorlar faqat xomashyo qazib olishdan manfaatdor ekanini bilamiz, lekin biz unday emasmiz. Biz eng yuqori standartlar asosida mahalliy aholi uchun ish oʻrinlari va qoʻshilgan qiymatga ega mahalliy ishlab chiqarishlarni yaratishni qoʻllab-quvvatlamoqchimiz. Chunki bu yanada barqaror taʼminot zanjirini yaratishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. 

 

Ushbu iqtisodiy forum kompaniyalarimiz oʻrtasida yangi aloqalarni oʻrnatishga xizmat qiladi, shuningdek, yangi kelishuvlarni yangi ishbilarmonlik imkoniyatlariga aylantiradi, deb umid qilaman”, dedi u.

 

 

https://kun.uz/kr/66723120

TMK va Xitoy komapaniyasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
Uchrashuv
23.05.2025
TMK va Xitoy komapaniyasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
TMK va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida samarali muloqot
Uchrashuv
23.05.2025
TMK va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida samarali muloqot
"MINEX Central Asia 2025" forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Forum
23.05.2025
"MINEX Central Asia 2025" forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar