“O‘zbekiston TMK” AJ tomonidan korporativ kommunikatsiyalarni rivojlantirish, kompaniyaning ishlab chiqarish salohiyati, investitsion loyihalari, mineral-xomashyo bazasi hamda istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini keng jamoatchilik va hamkorlarga taqdim etish maqsadida zamonaviy korporativ katalog ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, korporativ katalogni yaratish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqish, kontent tayyorlash, dizayn va sahifalash ishlari, foto va grafik materiallarni qayta ishlash hamda katalogni chop etishga tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun texnik topshiriqqa muvofiq o‘z tijorat takliflaringizni taqdim etishingizni so‘raymiz.
Tijorat takliflarida ishlarni bajarish muddati, xizmatlar tarkibi, jamoa tajribasi, amalga oshirilgan o‘xshash loyihalar hamda moliyaviy taklif ko‘rsatilishi lozim.
Tijorat takliflari info@uztmk.uz elektron pochta manzili orqali yoki qog‘oz shaklida (rasmiy tartibda) Buyurtmachiga taqdim etilishi mumkin.
Texnik topshiriq ilova qilinadi.