Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Huawei bilan hamkorlikda O‘zbekiston konlarini sun'iy intellekt yordamida boshqarishga o'tmoqda

 TMK Huawei bilan hamkorlikda O‘zbekiston konlarini sun'iy intellekt yordamida boshqarishga o'tmoqda 10.08.2026
TMK Huawei bilan hamkorlikda O‘zbekiston konlarini sun'iy intellekt yordamida boshqarishga o'tmoqda

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) hamda Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati va tog‘-kon sanoati bo‘yicha xalqaro ekspertlari bilan raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishida muhim uchrashuv bo'lib o'tdi.

Huawei bugungi kunda dunyoning eng yirik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompaniyalaridan biri bo‘lib, 170 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Kompaniya sun’iy intellekt, 5G, bulutli texnologiyalar, data markazlari, aqlli ishlab chiqarish va Smart Mining yechimlari bo‘yicha global yetakchilardan biri hisoblanadi. 

Huawei texnologiyalari dunyoning ko‘plab yirik tog‘-kon kompaniyalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta'minlash va korxonalarni raqamli transformatsiya qilishda keng qo‘llanilmoqda.

TMK va Huawei o‘rtasidagi hamkorlik aynan ana shunday ilg‘or xalqaro tajribalarni O‘zbekistondagi zamonaviy tog‘-kon va metallurgiya sanoatiga joriy etishga qaratildi.

 

Uchrashuv davomida hamkorlikning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:

⚡️ Digital Twin va tog‘-kon ishlarini kompleks boshqarish: ishlab chiqarish jarayonlari, uskunalar, xodimlar va asosiy ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida aks ettiruvchi raqamli modelni yaratish;

⚡️ Prediktiv texnik xizmat ko‘rsatish: sun’iy intellekt yordamida uskunalarning texnik holatini oldindan prognoz qilish, nosozliklarning oldini olish hamda ishlab chiqarishdagi uzilishlarni minimallashtirish;

⚡️ Energiya resurslarini intellektual boshqarish: ishlab chiqarish obyektlarida elektr energiyasi iste'molini tahlil qilish va AI asosida optimallashtirish;

⚡️ Zamonaviy sanoat AKT infratuzilmasi: uzoqdagi kon va ishlab chiqarish obyektlarini ishonchli aloqa, videokuzatuv, dispetcherlik va ma'lumotlar almashinuvi tizimlari orqali yagona raqamli ekotizimga integratsiya qilish;

⚡️ Huawei ICT Academy bilan hamkorlik: TMK mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirish hamda qo‘shma ilmiy va texnologik loyihalarni amalga oshirish.



Hamkorlikning keyingi bosqichida Huaweining Smart Mining yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashgan ekspertlari loyihaga jalb etilib, dunyoning yetakchi tog‘-kon korxonalarida muvaffaqiyatli joriy etilgan texnologiyalarni TMK faoliyatiga moslashtirish bo‘yicha amaliy loyihalarni ishlab chiqadi.

Hamkorlikning asosiy tamoyili tayyor IT mahsulotlarini xarid qilish emas, balki TMKning ishlab chiqarish ehtiyojlariga mos kompleks raqamli yechimlarni birgalikda ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etishdir.

TMK Huawei'ning ilg‘or texnologiyalari va xalqaro ekspertizasidan foydalangan holda intellektual tog‘-kon ishlab chiqarishi modeliga izchil o'tishni maqsad qilgan. Mazkur uchrashuv esa TMK va Huawei o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirishning ilk bosqichi bo‘ldi.

TMK va RecycleKaro: texnologik chiqindilarni qayta ishlash yo‘lida hamkorlik
Uchrashuv
10.08.2026
TMK va RecycleKaro: texnologik chiqindilarni qayta ishlash yo‘lida hamkorlik
Global sanoat yetakchilari O‘zbekistonning yashil sanoat transformatsiyasiga qo‘shildi
Memorandum
07.08.2026
Global sanoat yetakchilari O‘zbekistonning yashil sanoat transformatsiyasiga qo‘shildi
TMK dual ta'lim, ilm-fan va sanoat integratsiyasi bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi
jarayon
06.08.2026
TMK dual ta'lim, ilm-fan va sanoat integratsiyasi bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring