ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK nufuzli INFOCM-2025 xalqaro forumida muhim munozaralar o'tkazdi

 TMK nufuzli INFOCM-2025 xalqaro forumida muhim munozaralar o'tkazdi 17.05.2025
TMK nufuzli INFOCM-2025 xalqaro forumida muhim munozaralar o'tkazdi

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida bo‘lib o‘tgan Critical Minerals International Forum (INFOCM 2025)da TMK delegatsiyasi munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.

 

Dunyoning 400 dan ortiq tashkilot va kompaniyalari ishtirok etgan ushbu yirik forum doirasida TMK boshqaruv raisining xalqaro iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchisi Shavkat Nabiyev kombinatning texnologik imkoniyatlari, ilmiy-tadqiqot salohiyati, hamda O‘zbekistonning kritik minerallar bo‘yicha geologik potensiali haqida taqdimot o'tkazdi.

 

Forum doirasida Koreya geologiya va mineral resurslar instituti (KIGAM) hamda Koreya Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda muhim minerallarni qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyalari, litiy konlarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish bo‘yicha TMK bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

INFOCM-2025 xalqaro forumida ishtirok etish TMK uchun nafaqat o‘z texnologik va ilmiy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyish etish, balki global hamkorliklarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

RES 2026: TMKning ESG strategiyasi markazda!
REC-2026
18.04.2026
RES 2026: TMKning ESG strategiyasi markazda!
INNOPROM Central Asia: TMK — kelajak loyihalarining markazida!
INNOPROM Central Asia
16.04.2026
INNOPROM Central Asia: TMK — kelajak loyihalarining markazida!
TMK va Traxys: Global miqyosda tan olingan lider bilan rasman hamkorlik  boshlandi
TMK and Traxys
16.04.2026
TMK va Traxys: Global miqyosda tan olingan lider bilan rasman hamkorlik  boshlandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar