ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Bokudagi xalqaro forumda o‘zining inklyuziv sanoat modelini taqdim etdi

 TMK Bokudagi xalqaro forumda o‘zining inklyuziv sanoat modelini taqdim etdi 13.05.2026
TMK Bokudagi xalqaro forumda o‘zining inklyuziv sanoat modelini taqdim etdi

Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan “Global Future Forum 2026” xalqaro forumi global iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, texnologiyalar, inson kapitali va kelajak sanoati masalalariga bag‘ishlandi.

Forumning "Ijtimoiy tadbirkorlik orqali iqtisodiy inklyuziya” mavzusidagi sessiyasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) vakili spiker sifatida ishtirok etib, sanoat rivojlanishining yangi modeli bo'lgan inklyuziv industrial ekotizim konsepsiyasi bo‘yicha TMK yondashuvini taqdim etdi.

Taqdimot davomida:
➡️ yoshlar va ayollarni sanoat ekotizimiga keng jalb etish,
➡️ mahalliy kichik va o‘rta biznesni ta’minot zanjirlariga integratsiya qilish,
➡️ qayta ishlash va sirkulyar iqtisodiyot loyihalarini rivojlantirish,
➡️ kasbiy tayyorlov va zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish kabi ustuvor yo‘nalishlar ilgari surildi.

Shuningdek, TMK tomonidan amalga oshirilayotgan “Ijtimoiy yetkazib beruvchilarni rivojlantirishi dastur”, “Ko‘nikmadan tadbirkorlikka dasturi”, “Sirkulyar metallar va qayta ishlash laboratoriyasi”, “Ayollarning sanoat tadbirkorligidagi ishtiroki” tashabbusi kabi amaliy loyihalar ham xalqaro auditoriyaga taqdim etildi.

MINEX Asia 2026: Kelajak metallari texnoparki xalqaro ekspertlar e'tiborida
MINEX Asia 2026
26.06.2026
MINEX Asia 2026: Kelajak metallari texnoparki xalqaro ekspertlar e'tiborida
Turkiya: MINEX Asia 2026 xalqaro forumida O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyati taqdim etildi
MINEX Asia 2026
25.06.2026
Turkiya: MINEX Asia 2026 xalqaro forumida O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyati taqdim etildi
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar