Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK dunyoning yana bir sanoat giganti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

 TMK dunyoning yana bir sanoat giganti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi 05.06.2026
TMK dunyoning yana bir sanoat giganti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

Gonkong Ma’muriyati boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentda biznes-brifing hamda davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuv sanoat, moliya, logistika, IT va qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi Gonkongning 120 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillarini bir davraga jamladi.

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mazkur tadbirda faol ishtirok etib, dunyoning eng yirik tog‘-kon va metallurgiya xoldinglaridan biri Shaanxi Non-ferrous Metals Holding Group bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Shaanxi Non-ferrous Metals Holding Group tarkibiga 30 dan ortiq sho‘ba korxona kiradi va unda 40 mingdan ziyod xodim faoliyat yuritadi. 

➡️ Xolding tarkibida dunyoning eng yirik molibden ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Jinduicheng Molybdenum Co., Ltd. kompaniyasi faoliyat yuritadi.

➡️ Aerokosmik va sanoat tarmoqlari uchun titan hamda titan qotishmalarini ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi korxonalaridan biri Baoti Group mazkur kompaniya tarkibiga kiradi. 

➡️ Xolding tog‘-kon va metallurgiya obyektlarini loyihalash hamda qurish bo‘yicha o‘zining loyiha institutlari va injiniring markazlariga ega.

➡️ Korporatsiya geologik qidiruv, qazib olish, boyitish, metallurgik qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni qamrab oluvchi integratsiyalashgan sanoat ekotizimini shakllantirgan.

TMK hamda Shaanxi Non-ferrous Metals Holding Group o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi:
➡️ geologiya-qidiruv ishlari, 
➡️kritik minerallarni qazib olish va qayta ishlash, 
➡️zamonaviy texnologiyalar transferi, 
➡️ilmiy-tadqiqot faoliyati, kadrlar tayyorlash;
➡️istiqbolli investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi.

GEOMIN 2026: Dunyoning geologiya va kritik minerallar hamjamiyati O'zbekistonda uchrashadi
GEOMIN 2026
10.07.2026
GEOMIN 2026: Dunyoning geologiya va kritik minerallar hamjamiyati O'zbekistonda uchrashadi
TMK ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirmoqda
Uchrashuv
10.07.2026
TMK ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirmoqda
TMK Kanada bilan geologik qidiruvda AI texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
TMK
07.07.2026
TMK Kanada bilan geologik qidiruvda AI texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring