Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Markaziy nano-analitik laboratoriya tashkil etishda SGS bilan hamkorlik o'rnatmoqda

 TMK Markaziy nano-analitik laboratoriya tashkil etishda SGS bilan hamkorlik o'rnatmoqda 05.06.2025
TMK Markaziy nano-analitik laboratoriya tashkil etishda SGS bilan hamkorlik o'rnatmoqda

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Shveysariyaning nufuzli SGS kompaniyasi vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

Unda TMK tomonidan tashkil etilayotgan Markaziy nano-analitik laboratoriya faoliyatini SGS bilan hamkorlikda tizimli yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

 

SGS kompaniyasining O‘zbekiston bo‘yicha direktori Dilshod Jo‘rayev TMKning bu yo'nalishda amalga oshirayotgan ishlarini yuqori baholab, Markaziy nano-analitik laboratoriya uchun dunyodagi yetakchi brendlarning ilg‘or va zamonaviy uskunalari tanlanayotganini alohida e’tirof etdi.

 

SGS bilan hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlar ko‘zda tutilmoqda:
🔘 Markaziy nano-analitik laboratoriyada zamonaviy menejment tizimini joriy etish;
🔘Yuqori malakali laboratoriya mutaxassislarini tayyorlash;
🔘Ilg‘or dasturiy ta’minotlarni joriy qilish;
🔘Laboratoriyaning xalqaro akkreditatsiyasini ta’minlash.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida kritik minerallar konlarini o‘zlashtirish, geologiya-qidiruv va loyihalashtirish bo'yicha hamda TMK Oliy maktabi bilan ilmiy-amaliy hamkorlik o'rnatish masalalari muhokama qilindi.

Adani Group va TMK: yangi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari
Uchrashuv
18.08.2026
Adani Group va TMK: yangi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari
TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda
ESG
14.08.2026
TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi
jarayon
13.08.2026
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring