Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Tyanjinda O‘zbekistonning yangi konchilik modeli taqdimoti

 Tyanjinda O‘zbekistonning yangi konchilik modeli taqdimoti 23.10.2025
Tyanjinda O‘zbekistonning yangi konchilik modeli taqdimoti

Bugun “China Mining 2025”ning eng muhim voqealaridan biri forum doirasida o‘tkazilgan "Uzbekistan Mining Industry Promotion day" konferensiyasi bo‘ldi.

 

Unda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, Xitoyning yetakchi konchilik, texnologiya va investitsiya kompaniyalari hamda xalqaro investorlar ishtirok etdilar.

 

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimizning yangi konchilik siyosati, investitsion strategiyasi va sanoat transformatsiyasini xalqaro hamjamiyatga taqdim etdi.

 

TMK Boshqaruv raisining maslahatchisi Metin Alemdar o‘z taqdimotida TMK tomonidan ilgari surilayotgan hamkorlik platformalari va Xitoy kompaniyalari bilan qo‘shma tashabbuslarga alohida to‘xtaldi.

 

Taqdimotda TMK Xitoy kompaniyalari va investorlariga quyidagi hamkorlik yo‘nalishlarini taklif qildi:

➡️ kritik minerallarni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-texnologik hamkorlik;
➡️ESG va Green Mining yechimlarini amaliyotga joriy etish;
➡️O‘zbekiston va Xitoy ilmiy muassasalari o‘rtasida qo‘shma o‘quv dasturlari va muhandislik integratsiyasi;
➡️O‘zbekistonni Osiyo–Yevropa kritik minerallar koridorida ishonchli va strategik hamkor sifatidagi o‘rnini mustahkamlash.

 

Tinglovchilar TMK yondashuvlarini O‘zbekiston–Xitoy sanoat hamkorligining yangi bosqichi sifatida baholab, qo‘shma loyihalar, investitsiya dasturlari va ilmiy almashinuv mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish borasida katta qiziqish bildirdilar.

Forum qizg‘in davom etmoqda. Yangi hamkorliklar va global natijalarni biz bilan kuzatib boring.

TMK va yetakchi ilmiy institutlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Uchrashuv
16.07.2026
TMK va yetakchi ilmiy institutlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
TMK Chemicals: Mustaqillikning 35 yilligiga 35 ta muhim fakt
TMK Chemicals
16.07.2026
TMK Chemicals: Mustaqillikning 35 yilligiga 35 ta muhim fakt
GEOMIN 2026: Dunyoning geologiya va kritik minerallar hamjamiyati O'zbekistonda uchrashadi
GEOMIN 2026
10.07.2026
GEOMIN 2026: Dunyoning geologiya va kritik minerallar hamjamiyati O'zbekistonda uchrashadi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring