ico
ico ico ico

Sayt test rejimida ishlamoqda

Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Sanoat uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi

 Sanoat uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi 13.08.2025
Sanoat uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi

Texnologik rivojlanish inson kapitali bilan chambarchas bog‘liq. Yangi uskunalar, ilg‘or texnologiyalar va xalqaro standartlardan samarali foydalanish uchun eng muhim resurs bu malakali kadrlardir.

 

Shu maqsadda, bugun O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, o'zaro Kelishuv shartnomasi imzolandi.

 

 "So‘nggi jahon standartlariga muvofiq sanoat uchun muhim minerallar bo‘yicha laborantlar malakasini oshirish hamda loyiha menejerlarini yangi metodikalar bilan o‘qitish zarur", - dedi TMK Boshqaruv raisining innovatsiya va texnologik rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Amir Abidov uchrashuv davomida.

 

Mazkur hamkorlik quyidagilarni nazarda tutadi:

-Sanoat uchun muhim minerallar yo‘nalishida laboratoriya mutaxassislarini so‘nggi jahon standartlariga muvofiq tayyorlash;
-Loyiha menejerlarini ilg‘or metodikalar asosida o‘qitish;
-Ta’lim jarayonida xorijiy mutaxassislar tajribasidan foydalanish;
-Amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari orqali natijadorlikni oshirish.

 

Ushbu hamkorlik zamonaviy bilim va amaliy tajribani birlashtirib, sanoatimiz uchun yangi avlod yetuk mutaxassislarini tayyorlashga xizmat qiladi.

TMK va molibden gigantlari: kelajak metallari bo‘yicha kelishuvlar
Video
12.09.2025
TMK va molibden gigantlari: kelajak metallari bo‘yicha kelishuvlar
TMK va Osiyo taraqqiyot banki: kelajak loyihalari uchun yangi hamkorlik
TMK
10.09.2025
TMK va Osiyo taraqqiyot banki: kelajak loyihalari uchun yangi hamkorlik
TMK xalqaro maydonda: CATL, GEM va Hithium bilan uchrashuvlar
Xiamen
09.09.2025
TMK xalqaro maydonda: CATL, GEM va Hithium bilan uchrashuvlar

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar