Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Tarixiy shartnoma imzolandi: Bryusselda TMK hamda KU Leuven o‘rtasida rasman hamkorlik boshlandi

 Tarixiy shartnoma imzolandi: Bryusselda TMK hamda KU Leuven o‘rtasida rasman hamkorlik boshlandi 20.11.2025
Tarixiy shartnoma imzolandi: Bryusselda TMK hamda KU Leuven o‘rtasida rasman hamkorlik boshlandi

Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan Yevropa Ittifoqining Critical Raw Materials Week 2025 haftaligi doirasida, Yevropa Komissiyasi tomonidan “O‘zbekistonda kritik xomashyo bo‘yicha investitsiya imkoniyatlari” nomli yuqori darajadagi maxsus sessiya o‘tkazildi.

 

Sessiyada TMK vakillari O‘zbekistonning kon sanoati, qayta ishlash salohiyati va sohadagi mavjud imkoniyatlar haqida keng qamrovli taqdimotlar o‘tkazdi.

 

Xususan, TMK Boshqaruv raisi maslahatchisi Han Ilhan O‘zbekistonda kritik minerallar bo‘yicha investitsiya imkoniyatlari haqida, TMK Boshqaruv raisining o‘rinbosari Amir Abidov esa TMKning amaldagi va istiqbolli yirik sanoat loyihalari bo'yicha chiqish qildilar.

 

Sessiyaning asosiy voqeasi — TMK va gidrometallurgiya bo‘yicha dunyoda 1-o'rinda turadigan ilmiy markaz KU Leuven Solvomet Group o‘rtasida tarixiy shartnoma imzolangani bo'ldi. Mazkur hamkorlik orqali TMKda reniy metall tuzlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish hamda qo’shimcha nodir va kamyob yer elementlarini (kritik minerallarni) ajratib olish bo‘yicha eng zamonaviy gidrometallurgiya yechimlari joriy etiladi.

 

TMK endilikda KU Leuven Solvomet Group bilan hamkorlikda mamlakatimiz sanoati uchun Yevropa ilm-faniga tizimli integratsiyani boshlab bermoqda.

Mazkur hamkorlik orqali TMK Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kelajakka qaratilgan “ta’lim, ilm-fan va sanoat” zanjirini yaratish bo'yicha tashabbuslarini amaliyotga faol tatbiq etmoqda.

 

Raw Materials Week 2025 haftaligi hamda unda erishilgan tarixiy natijalar orqali TMK O‘zbekistonning Yevropa sanoati uchun barqaror, ishonchli va uzoq muddatli hamkor ekanini yana bir bor namoyish qildi.

 

Ma'lumot uchun, KU Leuven - Yevropaning eng qadimiy va nufuzli universitetlaridan biri bo‘lib, 1425-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda u dunyoning eng kuchli ilmiy muassasalari qatoriga kiradi. KU Leuvenning Solvomet Group laboratoriyasi esa gidrometallurgiya bo‘yicha global miqyosda №1 ilmiy markaz sifatida tan olingan bo‘lib, sanoat uchun innovatsion texnologiyalar ishlab chiqishda yetakchi hisoblanadi.

TMK va yetakchi ilmiy institutlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Uchrashuv
16.07.2026
TMK va yetakchi ilmiy institutlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
TMK Chemicals: Mustaqillikning 35 yilligiga 35 ta muhim fakt
TMK Chemicals
16.07.2026
TMK Chemicals: Mustaqillikning 35 yilligiga 35 ta muhim fakt
GEOMIN 2026: Dunyoning geologiya va kritik minerallar hamjamiyati O'zbekistonda uchrashadi
GEOMIN 2026
10.07.2026
GEOMIN 2026: Dunyoning geologiya va kritik minerallar hamjamiyati O'zbekistonda uchrashadi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring