Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston–Yaponiya iqtisodiy muloqotida TMK uchun yangi imkoniyatlar

 O‘zbekiston–Yaponiya iqtisodiy muloqotida TMK uchun yangi imkoniyatlar 09.09.2026
O‘zbekiston–Yaponiya iqtisodiy muloqotida TMK uchun yangi imkoniyatlar

Toshkentda O‘zbekiston–Yaponiya va Yaponiya–O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik qo‘mitalari 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Kenji Yamada boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek, Mitsubishi Corporation, JETRO, JOGMEC, JICA, JBIC va NEXI kabi Yaponiyaning yetakchi kompaniya va institutlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) vakillari ham qatnashib, ikki tomonlama sanoat va investitsiyaviy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Yig'ilish kun tartibidagi muhim masalalardan biri kritik muhim minerallar sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda barqaror ta’minot zanjirlarini shakllantirish bo‘ldi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda texnologik kooperatsiya, sanoat loyihalari va uzoq muddatli sheriklik imkoniyatlarini muhokama qildi.

Yig‘ilish doirasidagi muhim natijalardan biri O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) hamda Yaponiya–O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi, Mitsubishi Corporation kompaniyasining katta maslahatchisi Masaki Tanimoto oʻrtasida Yaponiya bozorida kritik metallarni sotish va ilgari surish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum almashilgani bo‘ldi.

Mazkur memorandum O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan kritik metallarni Yaponiya bozoriga yetkazib berish, barqaror savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

 

#CriticalMinerals #CriticalMetals #SupplyChainResilience #CriticalRawMaterials #Uzbekistan #Japan #TMK #IndustrialPartnership #InvestmentOpportunities #TechnologyCooperation #StrategicPartnership #MitsubishiCorporation

⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
RMAP Conformant
31.10.2026
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
uchrashuv
30.10.2026
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring