ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va Xitoy o‘rtasida ilm-fan va kadrlar bo‘yicha yangi ko‘prik barpo etildi

 TMK va Xitoy o‘rtasida ilm-fan va kadrlar bo‘yicha yangi ko‘prik barpo etildi 31.05.2025
TMK va Xitoy o‘rtasida ilm-fan va kadrlar bo‘yicha yangi ko‘prik barpo etildi

TMK va Xitoy geofanlar universiteti (China University of Geosciences, XGU, Uxan) vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ilmiy-ta’limiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.


Jumladan, XGU bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yashil konchilik ilg‘or muhandislik maktabi” va “1+1” modelidagi qo‘shma magistrlik dasturi asosida 10 nafar TMK magistranti birinchi yilni O‘zbekistonda, ikkinchi yilni esa Xitoyda o‘qishi belgilandi. Bitiruvchilar har ikki oliygohning diplomi bilan taqdirlanadi.


"Magistrantlarni tayyorlash TMK bilan hamkorligimizning birinchi bosqichi, keyingi bosqichlarda biz qo‘shma yozgi va qishki maktablar tashkil etish, xodimlar uchun amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapmiz", - dedi XGU vitse-prezidenti doktor Xia Fan.


Uchtashuvda, shuningdek, TMK muhandislari va nano-analitik laboratoriya xodimlarini Xitoyga amaliyotga yuborish, zamonaviy uskunalar bilan ishlash, ilmiy-texnik malaka oshirish va tajriba almashish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi belgilandi.


Jumladan, Xitoylik talabalarning TMK tasarrufidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar zavodida amaliyot o‘tashi yuzasidan bildirilgan taklif ijobiy baholandi.


Tomonlar talabalar va yosh mutaxassislar uchun intensiv o‘quv kurslari o‘tkazish hamda o‘zaro talabalar almashinuvi va amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham kelishib oldilar.

RES 2026: TMKning ESG strategiyasi markazda!
REC-2026
18.04.2026
RES 2026: TMKning ESG strategiyasi markazda!
INNOPROM Central Asia: TMK — kelajak loyihalarining markazida!
INNOPROM Central Asia
16.04.2026
INNOPROM Central Asia: TMK — kelajak loyihalarining markazida!
TMK va Traxys: Global miqyosda tan olingan lider bilan rasman hamkorlik  boshlandi
TMK and Traxys
16.04.2026
TMK va Traxys: Global miqyosda tan olingan lider bilan rasman hamkorlik  boshlandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar