Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

ITIA 2026: TMK O‘zbekiston volframini global ta’minot zanjiriga olib chiqmoqda

 ITIA 2026: TMK O‘zbekiston volframini global ta’minot zanjiriga olib chiqmoqda 15.09.2026
ITIA 2026: TMK O‘zbekiston volframini global ta’minot zanjiriga olib chiqmoqda

#ITIA_2026
 

Ayni kunlarda Germaniyaning Berlin shahrida Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasi (ITIA)ning 39-yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 


 

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) assotsiatsiyaning Markaziy Osiyo bo'ylab yagona a'zosi sifatida volfram sanoatining yetakchi ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari bilan O‘zbekiston volfram mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish va yangi savdo aloqalarini shakllantirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.


 

ITIA bugungi kunda dunyoning 25 mamlakatidan 68 ta kompaniyani birlashtirgan global sanoat platformasi hisoblanadi. Berlin yig‘ilishida volfram bozorlaridagi vaziyat, global talab, volframning istiqboldagi qo‘llanilishi va bozor prognozlari muhokama qilinmoqda.


 

Yig‘ilish doirasida TMK delegatsiyasi Yaponiya, Germaniya, AQSH, Kanada, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Italiya, Shveysariya, Estoniya, Tailand, Qozog‘iston va Tayvan kompaniyalari bilan qator biznes uchrashuvlarini o‘tkazmoqda. 


 

Muzokaralarning asosiy yo‘nalishlaridan biri O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan volfram mahsulotlari, jumladan, volfram oksidi, volfram karbidi, volfram shtabiklari va volfram barlari kabilar uchun yangi xaridorlar va eksport bozorlarini shakllantirish, savdo aloqalarini kengaytirish hamda uzoq muddatli yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat.


 

Shuningdek, volframdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi end-user kompaniyalar TMK tasarrufidagi “Kelajak metallari texnoparki” O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar yaratishda TMK bilan hamkorlik qilishga kelishildi.


 

ITIA kabi global sanoat platformalaridagi faol ishtirok TMKga xalqaro xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, O‘zbekiston volfram mahsulotlarining eksport geografiyasini  va mamlakatning global volfram ta’minot zanjiridagi ishtirokini kengaytirish imkonini bermoqda.

TMK xodimi “Buyuk xizmat – Oliy sharaf” xalqaro esdalik nishoni bilan taqdirlandi
jarayon
15.09.2026
TMK xodimi “Buyuk xizmat – Oliy sharaf” xalqaro esdalik nishoni bilan taqdirlandi
TMK va Yaponiya ishbilarmon doiralari kritik minerallar sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Uchrashuv
11.09.2026
TMK va Yaponiya ishbilarmon doiralari kritik minerallar sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
TMK va Yevroosiyo taraqqiyot banki hamkorlikning amaliy mexanizmlarini muhokama qildi
Uchrashuv
11.09.2026
TMK va Yevroosiyo taraqqiyot banki hamkorlikning amaliy mexanizmlarini muhokama qildi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring