Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston va O‘zTMKga qiziqishi ortmoqda!

 Xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston va O‘zTMKga qiziqishi ortmoqda! 05.03.2025
Xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston va O‘zTMKga qiziqishi ortmoqda!

Ayni paytda Kanadaning Toronto shahrida bo‘lib turgan O‘zTMK delegatsiyasi dunyoning yetakchi tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Shuningdek, alohida davra suhbatlari tashkil etilib, unda O‘zTMK bir qator xorijiy kompaniyalarni o‘zining faoliyat yo‘nalishlari va rejalari bilan tanishtirdi. 

Davra suhbatlarida ishtirok etgan xalqaro kompaniyalar O‘zbekiston va O‘zTMK faoliyatiga katta qiziqish bildirib, mutaxassislarga murojaat qilishdi. 

O‘zTMKning AQSHlik eksperti Han Ilhan ham kombinatning strategiyasi, kritik metallar sohasidagi loyihalari bo’yicha ishtirokchilarni tanishtirdi.


Shuningdek, O‘zTMK quyidagi yirik kompaniyalar bilan faol muzokaralar olib bordi:
 

  • Nevada Lithium (AQSh) foydali qazilmalarni qidirish va rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya bo‘lib, asosiy yo‘nalishi litiy qazib olish va uni qayta ishlash hisoblanadi.
  • Avalon Advanced Materials (Kanada) barqaror resurslarni boshqarish va ularni qimmatli mahsulotlarga aylantirish orqali yashil iqtisodiyotga hissa qo‘shishni maqsad qilgan kompaniya.
  • Rockmaster Resources Corp (Kanada) foydali qazilmalarni qidirish bilan shug‘ullanadi va Apex Resources bilan hamkorlikda volfram bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.
  • West High Yield (Kanada) dunyoning eng yirik va ekologik toza magniy konlaridan biriga egalik qiladi. 4 yil ichida gidrometallurgiya ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
  • Energy Fuels (AQSh) toza energiya va harbiy sanoat uchun zarur bo‘lgan muhim strategik metallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.


O‘zTMK dunyoning bu kabi lider kompaniyalari bilan yangi muzokaralar o‘tkazishda davom etmoqda.

 

 

Adani Group va TMK: yangi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari
Uchrashuv
18.08.2026
Adani Group va TMK: yangi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari
TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda
ESG
14.08.2026
TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi
jarayon
13.08.2026
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring