Singapurda Xalqaro Litiy Assotsiatsiyasining (International Lithium Association — ILiA) 2026-yilgi yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro platforma litiy qiymat zanjirining turli bo‘g‘inlarida faoliyat yurituvchi yuqori darajadagi rahbarlar va soha vakillarini bir maydonda jamladi.
ILiA yillik yig‘ilishi global litiy sanoatida ishonchli va barqaror ta’minot zanjirlarini shakllantirish, bozor va texnologiyalardagi o‘zgarishlarni muhokama qilish, investitsiya muhiti hamda xalqaro hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun muhim professional muloqot maydoni bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida TMK Loyiha ofisi rahbari Sardor Rozukulov so‘zga chiqib, xalqaro auditoriyaga kompaniya faoliyati, ustuvor yo‘nalishlari hamda O‘zbekistonning texnologik metallar sohasida shakllanayotgan imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Yig‘ilish kun tartibidan litiy xomashyosini barqaror ta’minlash, global ta’minot zanjirlarini rivojlantirish, investitsiya muhiti, yangi texnologiyalar, bozor tendensiyalari, ekologik barqarorlik hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin oldi.
Tadbir doirasidagi yuqori darajadagi muhokamalar, ekspert taqdimotlari va networking uchrashuvlari litiy qiymat zanjirining turli ishtirokchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni rivojlantirish va uzoq muddatli sheriklik aloqalarini shakllantirishga qaratildi.
TMK uchun mazkur xalqaro platformadagi ishtirokning asosiy yo‘nalishi litiy sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalar va global bozor tendensiyalarini o‘rganish, istiqbolli sheriklar bilan aloqalarni rivojlantirish hamda investitsiya va texnologiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.
ILiA kabi global sanoat platformalaridagi ishtirok TMKga litiy qiymat zanjirining yetakchi vakillari bilan bevosita professional muloqotni kengaytirish, xalqaro tajriba va texnologik tendensiyalarni o‘rganish hamda yangi strategik hamkorlik imkoniyatlarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
#Lithium
#CriticalMinerals
#BatteryMaterials
#GlobalSupplyChains
#EnergyTransition
#InternationalCooperation
#TMK