Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekistonda nanoanalitik laboratoriya qurish rejalashtirilmoqda

 O‘zbekistonda nanoanalitik laboratoriya qurish rejalashtirilmoqda 17.12.2024
O‘zbekistonda nanoanalitik laboratoriya qurish rejalashtirilmoqda

“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati”da ko‘plab innovatsion loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, ana shunday loyihalardan biri 2025 yilning oxirida  ishga tushirilishi rejalashtirilgan Markaziy nanoanalitik laboratoriyadir.

Yangi nanoanalitik laboratoriya nodir metallar sohasida ishlov berish jarayonlarini yanada chuqur va aniq tahlil qilishga imkon yaratadi. Laboratoriya ma’dandan boshlab, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni nano o‘lchamda tahlil qilish salohiyatiga ega bo‘ladi. Bu esa sanoatning barcha sohalari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. 

 

Laboratoriya kuniga 1000 ta tahlil o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lib, yuqori samaradorligi bilan ham ajralib turadi. Bu esa nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham tahlil xizmatlarini taqdim etish imkonini yaratadi. Shu orqali mintaqadagi kompaniyalar va tashkilotlarga o‘z faoliyatlarini yanada samarali yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar taqdim etiladi.

Loyihaning umumiy qiymati 14 million yevrodan ziyod bo‘lib, bu miqdor eng zamonaviy texnologiyalar va barcha turdagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vositalarni o‘z ichiga oladi. “O‘zTMK” AJ tomonidan taqdim etilgan laboratoriya nafaqat yuqori sifatli tahlillarni amalga oshirish imkonini beradigan eng ilg‘or uskunalar bilan jihozlanadi, balki ilmiy-tadqiqot markazi va xodimlarni tayyorlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ham yaratadi.

Xorijiy ekspertlar va soha mutaxassislari mazkur loyihani yuqori baholamoqda. O‘zbekiston-Koreya nodir metallar dasturi rahbari Kim Bum Sungning fikriga ko‘ra, loyiha, nodir metallar sohasi rivojiga katta hissa qo‘shadi. Koreyalik hamkorlar o‘z tajribalaridan foydalanib, loyihaning amalga oshishi uchun qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirishgan.

 

“O‘zTMK” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Amir Abidovning aytishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha sanoatni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. 

E’tiborlisi, ushbu loyiha O‘zbekistonni global sanoat sohasidagi yetakchi davlatlar qatoriga olib chiqish  uchun katta imkoniyat yaratadi.

Mamlakatda texnologik metallar sanoatini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” amalga oshirayotgan loyihalari nafaqat mamlakat ichki ehtiyojlarini qondirish, balki eksport salohiyatini oshirishga ham qaratilgan.

Qalampir.uz

"Diplomatic World" jurnalida TMK - Yevropa hamkorligi muvaffaqiyatli hamkorlik modeli sifatida e'tirof etildi
Diplomatic World
08.07.2026
"Diplomatic World" jurnalida TMK - Yevropa hamkorligi muvaffaqiyatli hamkorlik modeli sifatida e'tirof etildi
O'zbekistonning kritik minerallar salohiyati dunyoning eng top nashri - Mining Journal'da!
Mining Journal
15.04.2026
O'zbekistonning kritik minerallar salohiyati dunyoning eng top nashri - Mining Journal'da!
O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyati "Uzbekistan Airways" jurnalida!
Uzbekistan Airways
08.06.2026
O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyati "Uzbekistan Airways" jurnalida!

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring