Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

GEOMIN 2026: TMK yangi sanoat modelini namoyish etdi

 GEOMIN 2026: TMK yangi sanoat modelini namoyish etdi 18.09.2026
GEOMIN 2026: TMK yangi sanoat modelini namoyish etdi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan GEOMIN 2026 xalqaro konferensiyasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) geologiya, kritik minerallar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida faol ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida TMK xalqaro eksperti Mike Beare Ministerial Panel sessiyasiga moderatorlik qildi, Anna Fonseca O‘zbekistonning geologik va sanoat salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. TMK Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Amir Abidov esa sun’iy intellektning Markaziy Osiyo kritik xomashyo sanoatidagi o‘rni haqida ma’ruza qildi.

TMK tomonidan volfram va molibden asosidagi mahsulotlar, 3D geologik modellashtirish, raqamli texnologiyalar hamda kritik minerallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha yechimlar taqdim etildi.

Shuningdek, SLB, Geometrics, Insuco, Xcalibur Smart Mapping, STRYDE, TDS, Aubergine Micro va boshqa xalqaro kompaniyalar bilan B2B muzokaralar o‘tkazildi. 

Muzokaralar yakunida Aubergine Micro bilan hamkorlik memorandumi imzolandi, Geometrics va SLB bilan memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

GEOMIN 2026 TMK uchun xalqaro texnologik hamkorliklarni kengaytirish va O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyatini yangi amaliy loyihalar bilan bog‘lash uchun muhim platforma bo‘ldi.

⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
RMAP Conformant
31.10.2026
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
uchrashuv
30.10.2026
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring