O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) Boshqaruv raisining yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Amir Abidov kritik minerallar va global ta’minot zanjirlari mavzusiga ixtisoslashgan xalqaro Raw Matters podkastining navbatdagi sonida mehmon bo‘ldi.
Raw Matters podkasti dunyoning kritik minerallar, geosiyosat, energiya transformatsiyasi va sanoat siyosati bo‘yicha yetakchi ekspertlari, investorlar va siyosatchilarni bir maydonda jamlaydigan xalqaro podkast bo‘lib, unda kelajak sanoatining eng dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Podkast davomida TMKning quyidagi yondashuvlari taqdim etildi:
-O‘zbekistonning kritik minerallar sohasidagi uzoq muddatli strategiyasi;
-Markaziy Osiyoning global ta’minot zanjirlaridagi o‘rni;
- texnologiyalar transferi;
-qayta ishlash sanoatini rivojlantirish;
-ishonchli xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Shuningdek, TMK tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Bir qator ishlar haqida so‘z yuritildi:
-Kritik minerallarni geologik qidiruvdan boshlab chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq qiymat zanjirini shakllantirish;
-zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
-ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish;
-xalqaro sanoat hamkorliklarini kengaytirish.
TMK xalqaro ekspertlar hamjamiyati bilan ochiq va konstruktiv muloqot olib borishda davom etadi.