Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagida kritik minerallar eksporti, xalqaro logistika va transport aloqalarini yaxşilaşga bağişlangan seminar ötkazildi.
Tadbirda davlat idoralari, xalqaro taşkilotlar va sanoat vakillari Transkaspiy transport yölagi, bojxona va tranzit tartiblari hamda kritik minerallarni çuqur qayta işlaş masalalarini muhokama qildi.
TMK boşqaruv raisining Global integratsiya masalalari böyiça maxsus vakili Timur Xikmatullaev kombinatning işlab çiqariş va eksport salohiyatini taqdim etdi.
TMK nomidan qilingan çiqişda Özbekistonning ikki karra quruqlik bilan öralgan geografik joylaşuvi Yevropa va AQŞ bozorlariga mahsulot yetkazib berişni murakkablaştirayotgani qayd etildi. Ğarb davlatlari bilan hamkorlik rivojlanayotgani va TMK mahsulotlari ushbu bozorlarga eksport qilinayotgani sababli Transkaspiy transport yölagining kombinat uçun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Muhokamalarda Özbekiston Transport vazirligining logistika taşuvlarini yaxşilaş borasidagi işlari, ortiqça byurokratik tösiqlar, sertifikatlaştiriş va bojxona tekşiruvlari masalalari ham körib çiqildi.
Şuningdek, TMKning volfram böyiça RMI dasturi doirasida RMAP Conformant maqomini qölga kiritgani va mahsulotlarni Transkaspiy yölagi orqali xalqaro bozorlarga yetkazib berişning muhimligi ta’kidlandi.