Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

⚡️TMK xalqaro sanoat muloqotining yirik maydonida O‘zbekistonning texnologik salohiyatini namoyish etdi

 ⚡️TMK xalqaro sanoat muloqotining yirik maydonida O‘zbekistonning texnologik salohiyatini namoyish etdi 02.10.2026
⚡️TMK xalqaro sanoat muloqotining yirik maydonida O‘zbekistonning texnologik salohiyatini namoyish etdi


💼 O‘zbekiston texnologik metallar kombinati TMK Belarus Respublikasining Minsk shahrida o‘tkazilgan “INNOPROM Belarus” xalqaro ko‘rgazmasida mamlakatimiz milliy ekspozitsiyasi tarkibida ishtirok etdi.

💠 Mazkur nufuzli sanoat maydoni yirik sanoat korxonalari, texnologik kompaniyalar, investorlar va davlat tuzilmalari vakillarini bir joyda birlashtirib, zamonaviy sanoat taraqqiyoti, ilg‘or texnologiyalar va xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini berdi.

💠 TMK ko‘rgazmada texnologik metallar sohasidagi ishlab chiqarish salohiyati, mahsulotlari hamda istiqbolli investitsiya loyihalarini taqdim etdi. Bu orqali Kombinatning mavjud sanoat imkoniyatlari va kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari xalqaro biznes hamjamiyatiga namoyish etildi.

🌎 Ishtirok doirasida TMK mahsulotlarining eksport salohiyatini ilgari surish, xorijiy hamkorlar bilan professional muloqotni rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy sanoat yechimlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️ Shu bilan birga, ko‘rgazma istiqbolli savdo, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. TMK delegatsiyasining ishtiroki Kombinatning texnologik metallar yo‘nalishidagi imkoniyatlarini xalqaro biznes hamjamiyatiga tizimli ravishda tanishtirishga qaratildi.

⚙️ TMK uchun bunday nufuzli xalqaro tadbirlarda ishtirok etish — ilg‘or tajribalarni o‘rganish, global sanoat hamkorlari bilan muloqotni kengaytirish hamda Kombinatning xalqaro aloqalarini izchil rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
 

#TMK #INNOPROMBelarus #Uzbekistan #TechnologicalMetals #IndustrialCooperation #Investment #ExportPotential #InternationalCooperation #AdvancedTechnologies #CriticalMinerals

TMK va Cyber University: zamonaviy bilimlar real sanoatga xizmat qiladi
Memorandum
21.11.2026
TMK va Cyber University: zamonaviy bilimlar real sanoatga xizmat qiladi
TMK va Valor Carbon: karbon kreditlarini jalb etişda hamkorlik
Uchrashuv
13.11.2026
TMK va Valor Carbon: karbon kreditlarini jalb etişda hamkorlik
TMK va POSCO International litiy va grafit loyihalari böyiça hamkorlikni muhokama qildi
uchrashuv
11.11.2026
TMK va POSCO International litiy va grafit loyihalari böyiça hamkorlikni muhokama qildi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring