Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK xalqaro moliya bozoridan 50 million yevrolik resurslarni jalb qilmoqda

 TMK xalqaro moliya bozoridan 50 million yevrolik resurslarni jalb qilmoqda 16.05.2026
TMK xalqaro moliya bozoridan 50 million yevrolik resurslarni jalb qilmoqda

Ayni kunlarda Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) delegatsiyasi “Investorlar kuni” tadbiri doirasida Yevropaning eng yirik moliyaviy institutlaridan biri Société Générale banki bilan 50 million yevro miqdoridagi moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha muhim Terms Sheet (asosiy shartlar to‘g‘risidagi kelishuv) imzoladi.

Mazkur hujjat TMKning xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyalashuvi, kritik xomashyo va texnologik metallar sohasidagi yirik sanoat loyihalarini global kapital asosida moliyalashtirish yo‘lidagi tarixiy qadam sifatida baholanmoqda.

Hamkorlik doirasida:

➡️ uzoq muddatli kredit liniyalarini tashkil etish;
➡️ savdo operatsiyalarini moliyalashtirish, investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy investitsion-bank mexanizmlarini joriy etish;
➡️ eksportbop va chuqur qayta ishlashga yo‘naltirilgan sanoat loyihalarini moliyalashtirish;
➡️ xalqaro eksport-kredit agentliklari (ECA) hamda institutsional investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish;
➡️ ESG tamoyillari asosida “yashil” va barqaror ishlab chiqarish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
➡️ TMKning global moliya bozorlaridagi investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik mamlakatimiz sanoatini xalqaro moliya tizimiga integratsiya qilish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatli ishlab chiqarishlarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, 1864-yilda Fransiyada tashkil etilgan Société Générale bugungi kunda dunyoning eng nufuzli investitsiya va korporativ banklaridan biri hisoblanadi. Bank Yevropa, Amerika, Osiyo va Yaqin Sharq moliya bozorlarida faoliyat yuritib, yirik sanoat, energetika, infrastruktura, commodity finance hamda sustainable investment loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha ulkan tajribaga ega.

Made in Uzbekistan: Dunyoga O‘zbekiston nomi bilan
jarayon
28.08.2026
Made in Uzbekistan: Dunyoga O‘zbekiston nomi bilan
Bir Vatan, bir jamoa, bir maqsad
jarayon
27.08.2026
Bir Vatan, bir jamoa, bir maqsad
Dilnoza Nurmatova uchun bu oddiy ish emas. Bu o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqat va oilaviy sulolani davom ettirish
jarayon
26.08.2026
Dilnoza Nurmatova uchun bu oddiy ish emas. Bu o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqat va oilaviy sulolani davom ettirish

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring