Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston–Koreya biznes forumida TMK yangi savdo imkoniyatlarini muhokama qildi

 O‘zbekiston–Koreya biznes forumida TMK yangi savdo imkoniyatlarini muhokama qildi 24.08.2026
O‘zbekiston–Koreya biznes forumida TMK yangi savdo imkoniyatlarini muhokama qildi



Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston–Koreya biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Forum ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi.

Forumda Koreya Importchilar assotsiatsiyasi — KOIMA, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi, KOTRA, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi hamda Koreyaning qator kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Forumning asosiy sessiyasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) Xalqaro iqtisodiy aloqalar va diplomatik hamkorlik departamenti direktori Timur Xikmatullayev spiker sifatida qatnashib, TMKning faoliyati, eksport salohiyati va xalqaro hamkorlik imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi.

Shuningdek, forum doirasida TMK vakillari Koreyaning GS Global Corp. hamda TM International Co., Ltd. kompaniyalari bilan B2B muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda TMK mahsulotlarini Koreya bozoriga eksport qilish, yangi savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish va hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Koreya Respublikasi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, avtomobilsozlik va zamonaviy sanoat texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlaridan biri. Bunday biznes platformalar esa TMK uchun yangi eksport bozorlariga chiqish, texnologik hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekistonda kritik minerallar asosida yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyatlarini oshiradi.

⚡️ TMK va Moody’s: xalqaro moliyaviy hamkorlik sari muhim qadam
uchrashuv
09.10.2026
⚡️ TMK va Moody’s: xalqaro moliyaviy hamkorlik sari muhim qadam
STAMD 2026 TMK xalqaro ilmiy maydonda, ilg‘or texnologiyalar va sanoat hamkorligi diqqat markazida
uchrashuv
09.10.2026
STAMD 2026 TMK xalqaro ilmiy maydonda, ilg‘or texnologiyalar va sanoat hamkorligi diqqat markazida
⚡️O‘zbekiston–Jazoir: TMKda yangi sanoat loyihalari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
uchrashuv
07.10.2026
⚡️O‘zbekiston–Jazoir: TMKda yangi sanoat loyihalari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring