O‘zbekiston texnologik metallar kombinatining mamlakatimiz kritik minerallar sanoatini yangi bosqichga olib chiqayotgan yirik loyihalaridan biri Smart Powder haqida eng muhim 35 ta fakt bilan tanishing:
1. Smart Powder — TMKning kukun metallurgiyasi asosida detallar ishlab chiqarish korxonasi;
2. Markaziy Osiyodagi birinchi kukun metallurgiya zavodi;
3. 2025-yilda tashkil etilgan;
4. Loyiha qiymati 25,2 mln dollar;
5. Yillik quvvat 50 million dona detal;
6. Birinchi bosqichda 47 ta yangi ish o‘rni;
7. OEM ishlab chiqarish modeli;
TEXNOLOGIYA
8. Asosiy texnologiya Press & Sinter (MPP);
9. Yuqori bosimda presslash;
10. Zamonaviy sinterlash pechlari;
11. Atmosfera nazorati tizimi;
12. Yuqori aniqlikdagi kalibrlash;
13. Geometrik nazorat laboratoriyasi;
14. Raqamli ishlab chiqarish monitoringi;
15. ISO va IATF 16949 standartlari asosidagi sifat nazorati;
16. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish;
17. Minimal darajada metall chiqindisi;
18. Minimal energiya sarfi;
MAHSULOTLAR
19. Avtomobil sanoati uchun yuqori aniqlikdagi detallar;
20. Yuqori aniqlikdagi dvigatel detallari;
21. Klapan yo‘naltirgichlari (Valve Guide);
22. Klapan o‘rindiqlari (Valve Seat)
23. Amortizator komponentlari;
24. Murakkab geometrik shakldagi mahsulotlar;
25. Mahalliy xomashyodan tayyor mahsulot;
USTUVORLIKLAR
26. 8 turdagi mahsulot mahalliylashtiriladi;
27. Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar;
28. Koreya bilan texnologiya transferi;
29. Hamkor — Korea Powder Metallurgy;
30. Eksport yo‘nalishlari Koreya, Eron, Malayziya;
31. Koreyada maxsus o‘quv dasturlari;
32. Mahsulot turlarini 50 +ga yetkazish;
33. Avtomobil sanoati uchun Tier-1 yetkazib beruvchi;
34. Yuqori qo‘shilgan qiymat;
35. Mintaqadagi ilk yuqori texnologiyali xab.