💠 Jahon sanoatida işonç, şaffoflik va halollik tobora muhim mezonga aylanmoqda. Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) esa bu boradagi eng yangi xalqaro talablarga muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi.
💼 Kombinat 2025-yilda ISO 37001:2025 xalqaro standarti böyiça sertifikat olgan. 2026-yilda esa mazkur standartning yangilangan xalqaro talablari asosida qayta sertifikatlaş jarayonidan muvaffaqiyatli ötib, sertifikatini yangiladi. Bu TMKda korrupsiyaga qarşi kuraşiş menejment tizimining amaldagi xalqaro talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
💠 Sertifikat Slovakiyaning CERT International taşkiloti tomonidan mustaqil audit asosida berilgan hamda EAASS akkreditatsiya tizimi doirasidagi EAACR xalqaro reyestrida röyxatdan ötkazilgan.
🧊 Mazkur standart korrupsiyaning oldini oliş, manfaatlar töqnaşuvini bartaraf etiş va korporativ boşqaruvda şaffoflikni taʼminlaş böyiça qatʼiy talablarni belgilaydi.
➡️Bu natija Özbekiston sanoat korxonalarida xalqaro talablarga asoslangan boşqaruv tizimlari şakllanayotganini namoyon etib, TMKning xorijiy investorlar va yirik sanoat hamkorlari bilan işonçli aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.