Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK ilmiy tadqiqoti nufuzli xalqaro jurnalda chop etildi

 TMK ilmiy tadqiqoti nufuzli xalqaro jurnalda chop etildi 02.05.2026
TMK ilmiy tadqiqoti nufuzli xalqaro jurnalda chop etildi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) Ilmiy tadqiqot, innovatsiya va yangi texnologiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi rahbari Farhod Azimov hammuallifligidagi ilmiy tadqiqot barqaror kimyo va energiya texnologiyalari yo‘nalishida yetakchi Q1 toifasidagi nufuzli xalqaro jurnal — "ChemSusChem"da e’lon qilindi.

 

"ChemSusChem" — Germaniyada joylashgan Wiley-VCH nashriyoti tomonidan Chemistry Europe ilmiy platformasi doirasida chop etiladigan nufuzli jurnal bo‘lib, unda e’lon qilingan tadqiqotlar global ilmiy va sanoat hamjamiyati uchun yuqori ahamiyatga ega.

 

Mazkur tadqiqot doirasida NiFe₂O₄ (nikel–temir oksidi) asosidagi elektrokatalizatorlarni sintez qilishning oddiy va samarali “one-pot” usuli ishlab chiqildi.

 

Tadqiqot natijalari metall → oksid o‘tish jarayonini boshqarish orqali defektlarga boy, yuqori samarali elektrokatalizatorlar yaratish mumkinligini ko‘rsatadi. Bu esa kelajakda vodorod energetikasi va suvni parchalash texnologiyalari uchun yangi materiallar ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

Mazkur chiqish TMKning ilmiy-tadqiqot salohiyati, ilg‘or materiallar yaratish yo‘nalishi va global ilmiy hamkorlikdagi ishtirokini yanada mustahkamladi.

INNOWEEK 2026: TMK ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni namoyish etadi
INNOWEEK 2026
15.10.2026
INNOWEEK 2026: TMK ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni namoyish etadi
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha yirik xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi
uchrashuv
14.10.2026
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha yirik xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi
TMK mezbonligida “Zakovat” intellektual musobaqasi yakunlandi!
Zakovat
13.10.2026
TMK mezbonligida “Zakovat” intellektual musobaqasi yakunlandi!

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring