Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Bryussel: TMK Yevropa kritik minerallar sanoati markazida!

 Bryussel: TMK Yevropa kritik minerallar sanoati markazida! 21.05.2026
Bryussel: TMK Yevropa kritik minerallar sanoati markazida!

19-21-may kunlari Belgiya poytaxti Bryussel shahrida Yevropaning kritik minerallar sohasidagi eng yirik platformalaridan biri — EIT Raw Materials Summit bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli sammit 55 dan ortiq mamlakatdan yirik sanoat kompaniyalari, investorlar, Yevropa Komissiyasi vakillari va ilmiy markazlarni bir maydonga jamlagan. 

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) sammitda faol ishtirok etib, Yevropa bilan kritik minerallar sohasida amalga oshirilayotgan amaliy hamkorliklar, texnologik loyihalar hamda erishilgan sanoat natijalarini xalqaro hamjamiyatga taqdim etdi.

Ahamiyatlisi, sammitning “Yevropa Ittifoqining xomashyo ta’minotini diversifikatsiya qilish strategiyasi: amaliy tajribalar va sanoat yondashuvlari” mavzusidagi panel sessiyasida TMK Boshqaruv raisining yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Amir Abidov spiker sifatida ishtirok etdi.

U o‘z chiqishida O‘zbekiston Yevropa uchun ishonchli kritik minerallar hamkoriga aylanib borayotganini alohida ta’kidladi. Xususan, volfram, molibden va reniy bo‘yicha shakllanayotgan yangi ta’minot zanjirlari, Yevropa sanoati uchun strategik ahamiyat kasb etayotgan TMK loyihalari hamda “Mine-Metal-Market” integratsiyalashgan modeli haqida ma’lumot berildi.

Sessiya davomida TMK va Yevropa kompaniyalari o‘rtasida amalga oshirilayotgan qator amaliy loyihalar ham alohida namoyish etildi:

Yevropa Ittifoqiga TMKning investitsiya loyihalarini strategik loyiha sifatida taqdim etishga muvaffaq bo‘lindi;
Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikda kamyob yer elementlari texnologiyasi yo'lga qo'yilmoqda;
Chiqindi xomashyosidan volfram ajratib olindi va Yevropaga yetkazib berildi;
TMKning bir qator investitsiya loyihalari Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Sessiyada KU Leuven Sustainable Metals and Minerals Institute direktori Piter Tom Jons TMK bilan hamkorlikni alohida e'tirof etib, O‘zbekiston bilan teng huquqli va uzoq muddatli sanoat sherikligi asosida ishlash zarurligini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, Yevropa zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yechimlarni taklif qilishi, O'zbekiston esa sanoat ishlab chiqarishi va kritik minerallar bazasi bilan global ta’minot zanjirlarida muhim rol o‘ynashi mumkin.

Shuningdek, KU Leuven tomoni kelgusida TMK bilan hamkorlikda qora slanets, vanadiy va kamyob yer elementlari bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari rejalashtirilganini aytib, TMK uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik takliflarini berdi.

TMKning EIT Raw Materials Summit’dagi ishtiroki O‘zbekistonning Yevropa kritik minerallar ta’minot zanjiridagi strategik o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini namoyish etmoqda.

Made in Uzbekistan: Dunyoga O‘zbekiston nomi bilan
jarayon
28.08.2026
Made in Uzbekistan: Dunyoga O‘zbekiston nomi bilan
Bir Vatan, bir jamoa, bir maqsad
jarayon
27.08.2026
Bir Vatan, bir jamoa, bir maqsad
Dilnoza Nurmatova uchun bu oddiy ish emas. Bu o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqat va oilaviy sulolani davom ettirish
jarayon
26.08.2026
Dilnoza Nurmatova uchun bu oddiy ish emas. Bu o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqat va oilaviy sulolani davom ettirish

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring