Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

“O‘zbekiston TM” AJ volfram va molibdenni qazib olish hamda qayta ishlash sohasidagi yirik investitsiyaviy, qurilish va ishlab chiqarish loyihalarini boshqarish uchun tajribali Loyiha ofisi rahbarini (Head of Project Office) ishga taklif etadi.

 “O‘zbekiston TM” AJ volfram va molibdenni qazib olish hamda qayta ishlash sohasidagi yirik investitsiyaviy, qurilish va ishlab chiqarish loyihalarini boshqarish uchun tajribali Loyiha ofisi rahbarini (Head of Project Office) ishga taklif etadi. 14.09.2026
“O‘zbekiston TM” AJ volfram va molibdenni qazib olish hamda qayta ishlash sohasidagi yirik investitsiyaviy, qurilish va ishlab chiqarish loyihalarini boshqarish uchun tajribali Loyiha ofisi rahbarini (Head of Project Office) ishga taklif etadi.

Asosiy vazifalar:
• Investitsiyaviy va ishlab chiqarish loyihalari portfelini boshqarish;
• Loyihalarning to‘liq hayotiy siklini: texnik-iqtisodiy asoslash (TIA), FEED, EPC/EPCM, qurilish va ishga tushirish jarayonlarini tashkil etish va nazorat qilish;
• Loyihalash tashkilotlari, pudratchilar, yetkazib beruvchilar va ichki jamoalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
• Loyihalarning muddatlari, byudjeti, texnik ko‘rsatkichlari va sifatini nazorat qilish;
• Geologiya-qidiruv va konchilik ishlarini muvofiqlashtirish, qazib olish hajmlarini qayta ishlash quvvatlari bilan uyg‘unlashtirish;
• Gidrometallurgiya va pirometallurgiya ishlab chiqarish obyektlarini loyihalash, qurish va ishga tushirish jarayonlarini nazorat qilish;
• Qurilish, texnik, ishlab chiqarish va investitsiyaviy xatarlarni boshqarish;
• Qonunchilik, sanoat xavfsizligi, ekologiya va ESG talablariga rioya etilishini ta’minlash;
• Boshqaruv, texnik va investitsiyaviy hisobotlarni tayyorlash;
• Investorlar, pudratchilar, yetkazib beruvchilar va davlat organlari bilan hamkorlikda Kompaniya manfaatlarini ifodalash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Yirik investitsiyaviy, sanoat yoki konchilik loyihalarini boshqarish bo‘yicha tajriba;
• EPC/EPCM modeli asosida loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan qurilish va obyektlarni foydalanishga topshirish bo‘yicha amaliy tajriba;
• Loyiha jamoalari va pudratchi tashkilotlarni boshqarish tajribasi;
• Qazib olish, foydali qazilmalarni qayta ishlash va/yoki metallurgiya ishlab chiqarish jarayonlarini bilish;
• Kuchli boshqaruv va liderlik ko‘nikmalari;
• Xalqaro jamoalar va hamkorlar bilan ishlash tajribasi;
• Rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi.
Ish joyi: O‘zbekiston

Qiziqqan mutaxassislardan o'zlarining rezyumelari va tijorat takliflarini belgilangan tartibda info@uztmk.uz elektron pochta manziliga yoki qog'oz shaklida "O'zbekiston TMK" AJga yuborishlari so'raladi.

“Sarikul volfram konini o‘zlashtirish” loyihasini texnik topshiriqda belgilangan talablar asosida zarur ishlarni to‘liq va sifatli bajarish uchun tijorat takliflarini taqdim etishingizni so‘raymiz
“Sarikul volfram konini o‘zlashtirish” loyihasini texnik topshiriqda belgilangan talablar asosida zarur ishlarni to‘liq va sifatli bajarish uchun tijorat takliflarini taqdim etishingizni so‘raymiz
02.10.2026
“Sarikul volfram konini o‘zlashtirish” loyihasini texnik topshiriqda belgilangan talablar asosida zarur ishlarni to‘liq va sifatli bajarish uchun tijorat takliflarini taqdim etishingizni so‘raymiz
Beton ishlarining haqiqiy hajmini aniqlash va nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotni jalb etish.
Beton ishlarining haqiqiy hajmini aniqlash va nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotni jalb etish.
31.07.2026
Beton ishlarining haqiqiy hajmini aniqlash va nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotni jalb etish.
E`lon
E`lon
18.08.2026
E`lon

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring