ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Matbuot kotibi

Xakimova Nigina Alimdjanovna

Xakimova Nigina Alimdjanovna

Boshqaruv raisi matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi
Biografiya

Tug’ilgan yili: 1990-yil
Tug’ilgan joyi: Toshkent shahri
Ta’lim: O’zbekiston Milliy universiteti (bakalavr), O’zJOKU (magistratura)
Mutaxassisligi: Jurnalistika
Davlat mukofotlari: Yo’q
Ushbu lavozimdagi tajribasi: 6 yil 
Ushbu lavozimda: 17.11.2024

Matbuot kotibining vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-sonli qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida rahbarning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanib, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra, rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

Matbuot kotibining vazifalari:

•  O’zTMK faoliyati haqida OАV, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʼli bilan aholiga muntazam, toʼliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;

•  mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish boʼyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

•  O’zTMKning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʼrganish;

•  axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʼlga qoʼyish;

•  OАV bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish;

•   muntazam ravishda OАVda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;

•  axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʼida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish boʼyicha ishlarni tashkil qilish;

•  davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

•  Boshqaruv raisining faoliyati toʼgʼrisida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini oʼrganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular toʼgʼrisida davlat organlari va tashkilotlari rahbariyatiga axborot berib borish;

•  davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda oʼz rasmiy veb-saytida joylashtirish;

•  davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

Societe Generale banki TMK loyihalariga jiddiy qiziqish bildirdi
Uchrashuv
15.05.2025
Societe Generale banki TMK loyihalariga jiddiy qiziqish bildirdi
Turkiyaning MTAIC kompaniyasi bilan muhim uchrashuv
Uchrashuv
15.05.2025
Turkiyaning MTAIC kompaniyasi bilan muhim uchrashuv
Stiv Pauell TMK loyihalarini yuqori baholadi
Intervyu
14.05.2025
Stiv Pauell TMK loyihalarini yuqori baholadi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar