Kompaniya: "O‘zbekiston texnologik metallar kombinati" AJ (TMK)
Joylashuv: Chirchiq shahri, O‘zbekiston Respublikasi
Majburiyatlar:
- Sanoat uskunalarini (nasoslar, reduktorlar, kompressorlar, presslar, dastgohlar va boshqalarni) ta’mirlash va profilaktika ishlarini amalga oshirish;
- Mexanik, gidravlik va pnevmatik tizimlarning nosozliklarini aniqlash va bartaraf etish;
- Uzel va agregatlarni qismlarga ajratish, nuqsonlarini aniqlash va yig‘ish;
- Ta’mirlash jarayonida chilangarlik, payvandlash va sozlash ishlarini bajarish;
- Rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash (ROT) ishlarini o‘tkazish va avariya-tiklash ishlarida ishtirok etish;
- Texnik me’yorlar, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalarga qat’iy rioya qilish;
- Bajarilgan ta’mirlash ishlari bo‘yicha hisobot hujjatlarini yuritish.
Talablar:
- O‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi (mexanika, mashinasozlik, uskunalarni ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha);
- Mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Sanoat uskunalarining tuzilishi va ularga xizmat ko‘rsatish tamoyillarini puxta bilish;
- Chizmalar, sxemalar va texnik hujjatlarni o‘qiy olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Qo‘l va elektr asboblari, o‘lchov qurilmalaridan foydalana olish;
- Mas’uliyatli, tartibli va jamoa bo‘lib ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
Ish shartlari:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilinish;
- 2/2 smenali ish jadvali,
- Kasbiy va martaba o‘sishi imkoniyatlari mavjudligi;
- Kompaniya hisobidan tushlik bilan ta’minlanish
📞 +998931827163
Telegram: @Uz_TMK