Kompaniya: "O‘zbekiston texnologik metallar kombinati" AJ (TMK)
Joylashuv: Chirchiq shahri, O‘zbekiston Respublikasi
Majburiyatlar:
- Ishlab chiqarish tsexlarining elektr uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlashni amalga oshirish;
- Elektr tarmoqlari, taqsimlash qurilmalari, dvigatellar, transformatorlar va ishga tushirish-rostlash apparatlaridagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish;
- Yangi elektr uskunalarini o‘rnatish, ulash va sinovdan o‘tkazish;
- Rejali-ogohlantirish ta’mirlash jadvaliga muvofiq profilaktik ko‘riklarni o‘tkazish;
- Texnik hujjatlarni, hisobga olish jurnallarini va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni yuritish;
- Elektr qurilmalari bilan ishlashda mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish.
Talablar:
- O‘rta maxsus yoki oliy texnik ma’lumot (elektrotexnika yo‘nalishi);
- Elektromontyor, elektrik yoki elektr jihozlarini ta’mirlash bo‘yicha mutaxassis sifatida kamida 2 yillik ish tajribasi;
- Elektr ta’minoti sxemalarini, kuch va yoritish qurilmalarining ishlash tamoyillarini bilish;
- Elektr sxemalarini o‘qiy olish va o‘lchov asboblaridan foydalana bilish;
- Elektr xavfsizligi bo‘yicha 1000 V gacha bo‘lgan III darajadan past bo‘lmagan ruxsat guvohnomasiga ega bo‘lish;
- Mas’uliyatli, e’tiborli bo‘lish, jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
Ish shartlari:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilinish;
- 2/2 smenali ish jadvali,
- Kasbiy va martaba o‘sishi imkoniyatlari;
- Kompaniya hisobidan korporativ tushlik
📞 +998931827163
Telegram: @Uz_TMK