Sanoat, ilm-fan va innovatsiyalarni yagona zanjirda birlashtirgan integratsiyalashgan texnologik platforma. Uning asosiy g‘oyasi — “Mine–Metal–Market” modelining barcha bosqichlarini yagona ekotizimda uyg‘unlashtirishdir.
TMKning kelajak metallari tizimidagi hublar:
- Chirchiq hubi – boshqaruv, innovatsiya va R&D markazi
- Ohangaron hubi – volframni qayta ishlash sanoati markazi
- Nurobod hubi – molibdenni qayta ishlash sanoati markazi
- Zomin hubi – Surmani qayta ishlash sanoati markazi
Har bir hub o‘z yo‘nalishida ixtisoslashgan sanoat va ilmiy markaz bo‘lib, ular birgalikda O‘zbekistonning texnologik qudratini global miqyosda ifodalaydigan yagona innovatsion muhitni shakllantiradi.