Shvetsariyaning "Future Ventures" kompaniyasi Vitse-prezidenti Dincer SEN hamda "UET Group" kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Ozcan Jon Omural bilan O‘zTMK vakillari o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida ikki kompaniya quyidagi yo‘nalishlarda O‘zTMK bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar:
➡️Qayta tiklanuvchi energiya va energetika infratuzilmasini rivojlantirish;
➡️ Sanoat va ijtimoiy infratuzilmalarni yuqori texnologiyalar asosida yaratish;
➡️ Kaliy, fosfat, trona, kobalt kabi foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish inshootlarini qurish;
➡️Noyob elementlarni boyitish bo‘yicha chuqur ilmiy va texnologik tajriba;
➡️ Nanotexnologiyalar va nanopolimerlar sohasida hamkorlik imkoniyatlari.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning istiqbollari hamda keyingi bosqichlari haqida kelishib olishdi.

